Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat berildi
Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarning joriy o‘quv yilida istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.
Shu bilan birga, davlat dasturiga asosan maktablarda 2023 yil 1 sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.
Hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelgan.
Vazirlar Mahkamasi tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida, joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarning istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.
Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
13:39 / 08.12.2025
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash tartibi yangilanadi
08:48 / 01.12.2025
Endi bog‘cha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatdan o‘tadi
09:26 / 28.11.2025
TDYuUda 3 yillik maxsus dastur va huquq fanidan sertifikat joriy etiladi
21:01 / 19.10.2025