Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar yangi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
Ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Ko‘plab abituriyentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
Endilikda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil davlat OTMlarining bakalavriatiga quyidagicha miqdorda talaba qabul qilinadi:
- kunduzgi — 127 259 nafar;
- sirtqi — 49 078 nafar;
- kechki — 11 125 nafar;
- masofaviy — 2 825 nafar.
Mavzuga oid
16:23 / 15.11.2025
Onaning telefondan ko‘p foydalanishi bolaga qanday ta’sir qiladi?
10:41 / 14.11.2025
1,3 mln dollarlik eksport: O‘zbekiston telefonlari 5 ta mamlakat bozoriga chiqdi
11:09 / 11.11.2025
Xitoy va Vetnam - asosiy manba: 3,2 mln telefon import qilindi
13:10 / 29.10.2025