Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yerosti suvidan foydalanish miqdori oshgani ma’lum bo‘ldi
Aholi va qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida suvga ehtiyoj ortib borayotgani sababli yer ostidan suv olish miqdori keskin oshgan.
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda markazlashgan ichimlik suvi ta’minotining 67 foizi yerosti suvlari hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, «O‘zbekgidrogeologiya» rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
Qayd qilinishicha, 2014 yilga nisbatan 2022 yilda yer ostidan suv olish miqdori respublika bo‘yicha 30 foizga oshgan bo‘lsa, ayrim viloyatlarda bu ko‘rsatkich juda yuqori. Respublika hududida 97 ta yerosti suv koni aniqlangan. Aholi va qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida suvga ehtiyoj ortib borayotgani sababli yer ostidan suv olish miqdori keskin oshgan.
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqalar) foydalanilmaganda burg‘i quduqlaridan foydalanishni taqiqlash vazifasini amalga oshiradi. Bu haqda 2022 yil 7 dekabrdagi «Yerosti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 27.10.2025
Kolorado konchilik maktabi bilan Kompetensiyalar markazi tashkil etiladi
07:30 / 14.10.2025
Nodir metallar: asosiy resurslarni nazorat qiluvchi 10 ta davlat
11:37 / 09.10.2025
Tabiatga uyushtirilgan hujum 839 million so‘mga tushdi
14:52 / 16.09.2025