Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Rossiyaga samolyot ehtiyot qismlari sanksiyalarni chetlab o‘tib olib kirilgan
Ikki rossiyalik Rossiya aviakompaniyalariga millionlab dollarlik ehtiyot qismlar yetkazib berish sxemasini tuzgan bo‘lishi mumkin. Ular AQShda hibsga olingan.
Foto: Sergey Bobylev / TASS
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi ortidan joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, 2022 yilda Rossiyaga Boeing va Airbus samolyotlari uchun ehtiyot qismlar olib kirilgan, deb yozadi The New York Times 15 may, dushanba kuni. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish soxta kompaniyalar orqali amalga oshirilgan va samolyot qismlarini yakuniy oluvchilar "Aeroflot", "Pobeda", "Ural", "Rossiya", UTair va S7 Airlines aviakompaniyalari bo‘lgan.
2022 yil may oyidan beri Rossiya Federatsiyasiga 14,4 million dollardan (12,8 million yevro) ortiq qiymatdagi samolyot ehtiyot qismlari bilan besh mingdan ortiq yuk jo‘natildi. Yetkazib berish asosan BAA, Xitoy, Turkiya va Maldiv orollari orqali amalga oshirildi.
11 may kuni AQShda eksport nazoratini buzish va pul yuvishda ayblanayotgan ikki rossiyalik hibsga olindi. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, ular Rossiya aviakompaniyalari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish sxemasi tashkilotchilari bo‘lishi mumkin.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin joriy qilingan sanksiyalar tufayli Rossiya aviakompaniyalari Yevropa va Amerika ishlab chiqaruvchilarining samolyotlari, ehtiyot qismlari va texnik xizmat ko‘rsatishisiz qoldi. Bundan tashqari, 2022 va 2023 yillarda rasmiylar mintaqaviy parvozlar dasturini davlat tomonidan moliyalashtirishni qisqartirdi. Shu munosabat bilan aviakompaniyalar ham Rossiya Federatsiyasi hududidagi parvozlarni bekor qilishga majbur.
Mavzuga oid
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
07:42 / 14.10.2025
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat
07:36 / 11.10.2025