Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi
Nukus shahridagi dehqon bozorida 45 000 so‘mdan mol go‘shti sotilmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022 yil 22 iyun holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 75 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 88000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 7000 so‘m;
- piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5500 so‘m;
- sabzi (1 kg) ➖ 1200 – 6000 so‘m;
- tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
- guruch (1 kg) ➖ 5000 – 22 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 500 – 30 000 so‘m;
- shakar (1 kg) ➖ 10 000 – 18 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Mavzuga oid
14:57 / 13.12.2025
Tadbirkorlik xaritasi: eng ko‘p korxona Toshkent shahrida
14:25 / 13.12.2025
Sport va ko‘ngilochar xizmatlar: hududlar kesimidagi yangi statistika
14:18 / 13.12.2025
O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlarning 70 foizga yaqini Tojikistondan
15:36 / 11.12.2025