Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Genplan» o‘z yo‘liga, hozir dunyoda «Qulaylik indeksi» degan narsalar bor...» – Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar bosh rejasi haqida
24 dekabr kuni poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiyada mahalliy kengash deputati Otabek Jonboyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan shaharda ko‘plab qurilish ishlari olib borilayotgani, lekin shaharning bosh rejasi (Genplan) bo‘lmasa ijtimoiy obektlar qurilishi qanday reja qilinishi haqida so‘radi.
«Albatta, «genplan» yo‘q deb aytolmaymiz. Eski «Genplan»ga asoslanib ishlaymiz, yangisini ham qilyapmiz… Lekin hozir dunyoda shunday narsalar borki, «Qulaylik indeksi» deyiladi. Odamlarning yashash sharoitlarini qulaylashtirish. Ya’ni qayerga nimalar qurish kerakligi. Biz hozir o‘zimizga shu «Qulaylik indeksi»ni yukladik», dedi hokim.
Shundan so‘ng u Toshkent shahri uchun tuzilgan «Qulaylik indeksi» dasturi asosida parklar, maktab bo‘yicha muammolar qaysi hududlarda borligi, savdo nuqtalari qaysi hududlarida ko‘pligi yoki yetishmovchiligi haqida gapirdi.
«Agar bu qizillarni (ijtimoiy obektlar yetishmaydigan hududlarni) yashillashtirishga olib keladigan bo‘lsak, odamlarda o‘z-o‘zidan yashash qulaylashadi. Markazlashadi va hamma tomonlama qulaylashadi. Bundan keyin hamma qilayotgan ishlarimiz…
«Genplan» o‘z yo‘liga, lekin buniyam «genplan»ga bog‘liqlik joyi bor»,- deya shahar hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, «Qulaylik indeksi» insonlar qulay bo‘lishi uchun shaharda qanday obektlar qayerga qurilishi kerakligini ko‘rsatib beradi va Toshkent Shahar bosh rejasining asoslaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 702-sonli qarori bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlanishi 2022 yil oxirigacha surilgan edi. Loyihani tayyorlash uchun muddat bungacha ham bir necha bor ortga surilgan.
Mavzuga oid
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
17:04 / 14.08.2025
Grand Mir mehmonxonasi o‘rnida 30 qavatli baland binolar qurilishi mumkin. Tafsilotlar
19:08 / 05.08.2025
“O‘zimiz chiqargan qoidaga o‘zimiz amal qilmayapmiz” - shaharsoz Toshkentning bosh rejasi o‘zgarayotgani haqida
11:29 / 26.07.2025