Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: Barcha uskunalar kuzgi-qishki mavsumga tayyor holga keltirildi
Xabaringiz bor, mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 86 foizidan ziyodi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuni hisobga olgan holda Aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumida sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash maqsadida birinchi darajali ustuvor vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.
Ayni paytga kelib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilib, barcha asosiy va yordamchi uskunalar mavsumga shay holatga keltirildi.
- Mavsumga tayyorgarlik doirasida joriy yilning aprel oyidan boshlab uskunalarda mukammal va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirib kelindi, — deb ta'kidlaydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov. – Ushbu ishlarni amalga oshirishga 770,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi, bu bilan o‘tgan yilgi amaldagi ta'mirlash fondi (236,7 mlrd so‘m)ga nisbatan 325 foiz o‘sish sur'atlari ta'minlandi. Ta'kidlash joizki, ko‘p yillardan buyon elektr stansiyalar ta'mirlash fondi uchun bu kabi katta mablag‘ ajratilmagan edi. Shuning uchun joriy yilda mavsumga tayyorgarlik ko‘rish borasida hukumatimizning alohida e'tibori va g‘amxo‘rligini qayd etish kerak.
Ma'lumot o‘rnida, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 7 ta energoblok, 13 ta qozonagregati, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 2 ta turboagregat, 1 ta gaz-turbina qurilmasi va boshqa bir qator asosiy va yordamchi energiya uskunalarini ta'mirlashga erishildi.
2021 yilning o‘tgan 9 oy davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari tomonidan 43,4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu yil boshidan buyon rejaga nisbatan, 105,7 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,8 foizga ko‘p.
Reklama xuquqi asosida
Mavzuga oid
18:36 / 27.04.2024
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi
22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan
10:37 / 21.02.2023
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil natijalari e’lon qilindi
19:00 / 19.01.2023