Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori o‘zgardi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi.
Hukumatning tegishli qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Turkiyalik Erjan Kaxya bungacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritgan. U 1980-1984 yillarda Istanbul texnika universitetida bakalavriaturani, 1988 yilda Nyu-Yorkdagi Politexnika universitetida magistraturani bitirgan.
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga 2016 yildan buyon Ravshan Rashidovich Hakimov rektorlik qilib kelayotgandi.