Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda bank tizimi mansabdor shaxslari 2 mln dollarlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirib yubordi
Buxoroda bank tizimi mansabdor shaxslari 2 mln dollarlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, “Asakabank” Buxoro viloyati filiali mansabdori Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, bir guruh shaxslar, ya'ni “G.B.A.” MChJ rahbari, “Asakabank” Buxoro viloyati filiali boshqa mansabdorlari, “Asakabank” bosh ofisi mansabdor shaxslari hamda “K.s” MChJ mansabdorlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
Bildirilishicha, ular “Asakabank”ning 2017 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatida belgilangan kredit ajratishning umumiy mezoni talablariga zid ravishda, kredit summasining garov ta'minoti bilan yetarli miqdorda ta'minlanmaganini bila turib, kredit yig‘majilddagi ayrim hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish hamda mansab soxtakorligida ifodalangan xatti-harakatlari bilan kredit qaytarilishini ta'minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kredit asosiy qismi to‘lanmagani natijasida 1 282 630 AQSh dollari (ekvivalentda 13,5 mlrd so‘m) hamda foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 084 AQSh dollari (ekvivalentda 3,7 mlrd so‘m) miqdorida zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oradan ko‘p o‘tmay, “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘zining rasmiy bayonotini e'lon qildi. Unda ushbu qonunbuzarlik holati bevosita bank ichki tekshiruv-nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangani, holatga qonuniy baho berish hamda qo‘shimcha tergov-surishtiruv va protsessual tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, aynan bank tashabbusi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgani aytiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025