Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXA Toshkent shahar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Sanjar Abdullayev Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi
Foto: Davlat xizmatlari agentligi
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Sanjar Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Davlat xizmatlari agentligi xabarida aytilishicha, S. Abdullayev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Uznews xabariga ko‘ra, Sanjar Abdullayev yangi lavozimda Husan Ochilovni almashtirdi.
S. Abdullayev 1987 yil Toshkentda tug‘ilgan, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriatini, 2012 yilda magistraturasini tamomlagan.
Mavzuga oid
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025