Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir yil aynimaydigan olma navi sotuvga chiqdi
AQShda, seleksionerlarning ta'kidlashicha, muzlatgichda iste'mol xususiyatlarini yo‘qotmagan holda bir yil saqlash mumkin bo‘lgan yangi olma navi sotuvda paydo bo‘ldi.
“Bi-bi-si” nashrining xabar berishicha, Cosmic Crisp (Kosmik qarsillovchi) nomli yangi olma navini olish ustida 20 yilga yaqin ish olib borilgan. U Honeycrisp va Enterprise olma navlarini chatishtirish yo‘li bilan olingan. Uni ilk bor Vashington shtati universitetida 1997 yilda o‘stirishga muvaffaq bo‘lingan.
Ushbu shtat fermerlari 10 yil ichida ushbu olmani yetishtirishga eksklyuziv huquqni olishgan.
Ta'kidlanishicha, yangi qarsildoq olma suvli bo‘lib, shirin aralash nordon ta'mga ega.
Biroq asosiysi, olmaning eti juda sekin jigarranglashadi, o‘zining xususiyatlarini muzlatgichda 10-12 oygacha saqlaydi.
Olma AQShda banandan keyin eng ko‘p iste'mol qilinuvchi meva hisoblanadi. Vashington shtati esa mamlakatda olma yetishtirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:50
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
10:01 / 13.12.2025
Parij: Kiyev, AQSh va YeI tinchlik rejasi bo‘yicha umumiy pozitsiya ishlab chiqmoqda
22:49 / 12.12.2025