Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: bolalar bog‘chasida 180 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilingan
Foto: Fotolia
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 25-sonli bolalar bog‘chasida oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining xo‘jalik mudirasi G.R. tomonidan 2018-2019 yillarda jami 180,4 mln. so‘mlik go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo‘jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 30.10.2025
O‘zbekiston va Serbiya birinchi xonimlari “Imkon” ixtisoslashtirilgan bog‘chasida bo‘ldi
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
22:40 / 27.09.2025