Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda
26 mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan edi.
Mashg‘ulotlar davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari «Muborak» va «Nuriston» umumqo‘shin dala-o‘quv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlandi.

Bundan tashqari, jangovar mashg‘ulotlarga Markaziy harbiy okrugga qarashli ayrim bo‘linmalar ham jalb etilgan bo‘lib, ular Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining asosiy kuchlariga jangovar ko‘mak berish maqsadida harbiy texnikalar orqali marshni amalga oshirdi va belgilangan hududga joylashdi.

28 mart kuni harbiy xizmatchilar hamda bo‘linmalar tomonidan jangovar tayyorgarlik fanlari bo‘yicha nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlaridan sinovlar topshirishi boshlandi.


Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi va birligini tahlil qilish hamda baholashdan, harbiy qismlar, texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirishdan iborat.






Mavzuga oid
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025
Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi
10:41 / 26.06.2025
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi
10:10 / 29.05.2025