Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning yaxtasi ispan shahrida shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi
Foto: Instagram
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Barselona portiga kelgan yaxtasi mahalliy aholi orasida shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy aholi va sayyohlar milliarderning hashamatli “Dilbar” yaxtasi fonida suratlarga tushib, ular bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqdalar. “Yaqin atrofdagi boshqa milliarderlarning kemachalari Usmonovning kemasi oldida mayda-chuydadir”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
156 metrlik yaxta suv sig‘imdorligi bo‘yicha yaxtalar o‘rtasida dunyoda 1-o‘rinda (16 ming tonna) va uzunligi bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. Usmonovning kemasini uzunlik bo‘yicha faqatgina uchta yaxta – BAA prezidenti, Abu-Dabi amiri Halifa bin Zoid Ol Nahayonga tegishli Azzam (180 metr), rossiyalik milliarder Roman Abramovichning Eclipse (162,5 metr) va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Ol-Maqtumning Dubai (160 metr) yaxtalari ortda qoldiradi.
“Dilbar”ning narxi oshkor qilinmagan, biroq mutaxassislar uni 600 mln dollar atrofida baholashadi. Yaxta 120 kishini qabul qila oladi, ikkita vertolyot maydonchasi, bir nechta basseyn, kinoteatr, sportzal, restoran bilan jihozlangan.
Usmonov yaxtani 2 yilcha avval sotib olgan. U Usmonovning onasi ismi bilan ataladi.
Mavzuga oid
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
10:09 / 07.12.2025
«Arsenal»da alamli mag‘lubiyat, «Barsa» o‘yinida gollar shousi. Kun o‘yinlari
12:19 / 03.12.2025