Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiylarga smartfonlarga egalik qilish va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish taqiqlandi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Davlat dumasi uchinchi, so‘nggi o‘qishda harbiy xizmatchilarga smartfonlarga egalik qilish va jurnalistlar bilan muloqot qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi saytida xabar berilgan.
Hujjatga ko‘ra, gap nafaqat smartfonlar, balki «Internet» axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda audio, foto, video va geolokatsiya ma'lumotlarini tarqatish yoki taqdim etish uchun saqlanishi yoxud ishlatilishi mumkin bo‘lgan» boshqa gadjetlar haqida ketmoqda.
Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqi cheklanmoqda. Masalan, ular o‘z joylashuvi va Qurolli kuchlarga tegishli ekanini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, hozirgi hamda sobiq xizmatdoshlari, ular oilasi a'zolari bo‘yicha har qanday ma'lumotni internetga joylashtira olmaydi.
Qonun loyihasi mualliflarining aytishicha, Rossiya harbiylariga «alohida davlatlar, terroristik va ekstremistik tashkilotlar» maxsus xizmatlari alohida e'tibor qaratishi taqiqni joriy etishga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:46
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
16:11
Ukraina Pokrovsk yaqinida asirlar o‘ldirilgani bo‘yicha tergov boshladi
15:22
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
14:46