Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat»ning bosh muhandisi va ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatildi
Illyustrativ foto
«Toshshahartransxizmat» AJning uch nafar katta lavozimdagi xodimlari vazifasidan ozod etildi. Bu haqda jamiyat Axborot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun bosh muhandis Abdujamil Azizov, dispetcherlik qismi mutasaddi xodimi hamda 5-avtobus saroyi direktori lavozimida ishlagan Murod Musaxo‘jayev ishdan bo‘shatilgan.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, Musaxo‘jayev yo‘nalishdagi avtobuslarni GPS moslamalarisiz harakatlanishiga chora ko‘rmagan.
«Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ulardan biri – GPS nazoratini tubdan takomillashtirish, xususan, tizim orqali avtobuslarning qatnovlari sonini avtomatik tarzda hisoblab borish belgilangan. Shuningdek, bosqichma-bosqich dispetcherlik xizmatidan voz kechgan holda, avtobuslar harakati nazoratini to‘la kompyuterlashtirish ham ko‘zda tutilmoqda», deyiladi jamiyat xabarida.
Mavzuga oid
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
08:44 / 22.12.2025
«Toshshahartransxizmat» avtobus shinalari holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
11:54 / 03.12.2025
Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga qarshi reydlar kuchaytirildi
20:15 / 20.11.2025