Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota yirik yong‘in sabab qora tutun domida qoldi
Foto: SkyView Kz
Qozog‘istonning Olmaota shahri katta qismi shahar chetidagi omborxonalarda yuz bergan yirik yong‘in sabab qora tutun domida qoldi. Bu haqda RIA «Novosti» favqulodda vaziyatlar bo‘yicha shahar departamenti matbuot xizmati rahbari Sandugash Baymuxambetovaga asosan xabar bermoqda.
«Soat 06:03 [Toshkent vaqti bilan 05:03]da 101 pultiga omborxonalarda yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi. O‘t o‘chirish brigadalari voqea joyida yong‘inni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda», - dedi Baymuxambetova.
Matbuot xizmati rahbarining ta'kidlashicha, yong‘in haqidagi qo‘shimcha xabar keyinroq taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025
Poytaxt bozorlarida yong‘in va gaz xavfsizligi yuzasidan kuchaytirilgan tekshiruvlar o‘tkazildi
21:40 / 03.12.2025