Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Jizzaxdagi dahshatli YTH haqida rasmiy ma'lumot berdi
Foto: sangzor.uz
4 aprel kuni soat 12.40larda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Jizzax shahar So‘g‘diyona ko‘chasida yashagan, 1990 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Jizzax-Gagarin” 4R-35 yo‘lining 49-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Qodiriy ko‘chasida yashagan, “Qordagi qoplan” mas'uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan S.Yo. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etishi oqibatida ikkala avtomashina to‘liq yonib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki aniqlangan holatlar natijasida, “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi A.M. va uning yo‘lovchilari – Jizzax shahar “Olmazor” MFY Toshloq ko‘chasida yashagan 1985 yilda tug‘ilgan J.A., Do‘stlik tumani A.Navoiy MFY N.Begim ko‘chasida yashagan 1974 yilda tug‘ilgan R.O. hamda “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi S.Yo. va uning yo‘lovchilari – Paxtakor tumani “Suvonqishloq” mahallasida yashagan 1972 yilda tug‘ilgan L.A., Zafarobod tumani “Uzun” mahallasida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan N.Q., Arnasoy tumani “G‘oliblar” MFY Toshkent ko‘chasida yashagan 1997 yilda tug‘ilgan O.A., Jizzax shahar “Zargarlik” mahallasida yashagan 1986 yilda tug‘ilgan F.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lganlarning shaxsiga taalluqli boshqa ma'lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida yuz bergan YTHda 8 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:44 / 13.12.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
13:01 / 11.12.2025
Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, haydovchi halok bo‘ldi
09:11 / 10.12.2025