Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bosim va valyuta bilan muammolar» - Coca-Cola Turkmenistan faoliyatini to‘xtatdi
Foto cci.com.tr
Ashxoboddagi Coca-Cola Turkmenistan korxonasi yopilish arafasida va mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
«Xronika Turkmenistana» nashrining xabar berishicha, kompaniya yopilishga sabablar sifatida valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq mushkulliklar, mamlakatga ichimliklar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tarkibiy qismlarni olib kirishga aloqador muammolar, mahalliy biznes-kompaniyalar tomonidan bosimni keltirishmoqda.
Ayni damda mamlakat bozorlarida Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ichimliklarning avvalgi partiyalarini sotib olish mumkin. Ishlab chiqarish to‘xtatilgani tufayli «Koka-Kola» ichimligining hajmi 1 litr bo‘lgan bir butilkasi uchun narx 4-5 manatdan ($1,1-1,4) 8-9 ($2,2-2,5)ga qadar ko‘tarilib ketdi.
Ma'lumot uchun, Coca-Cola Turkmenistan mamlakatda 1998 yildan beri ishlaydi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 88 millionta butilkani tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025