Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bilan memorandum imzolandi
Foto: O‘zbekturizm
Toshkentda Tojikiston turoperatorlari bilan memorandum imzolandi, deya xabar qilgan «O‘zbekturizm» DQ matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi doirasida 12 oktabr kuni «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turistik mahsulotini ilgari surish markazi» DUK va Tojikistonning «Oriyent-Adventur», «Skay-Tur» hamda «Rohat-Tur» turoperatorlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Tomonlar milliy turistik xizmatlarni ilgari surish va reklama sohasida birgalikdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat turistik istiqboli borasida axborot almashuv, milliy turistik brendlarni shakllantirish hamda ilgari surish, xalqaro turistik bozorlarda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab transchegara yo‘nalishini birgalikda ilgari surish orqali turizm sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 11.12.2025
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025