Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi muzey norozilik tariqasida Pikasso asarlari o‘rniga eronlik rassomlar ishini osib qo‘ydi
Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyi Pablo Pikasso, Anri Matis va boshqa g‘arb rassomlarining doimiy ekspozitsiyadagi asarlarini eronlik rassomlar ishiga almashtirib qo‘ydi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik farmonidan norozilik tariqasida amalga oshirildi, deb xabar berdi The New York Times nashri.
Gazetaning aniqlik kiritishicha, barcha asarlar “tug‘ilganidan beri yoki asli kelib chiqishi” eronlik bo‘lganlar tomonidan yaratilgan. Masalan, endilikda muzey zallarida videorassom Tala Madoniy, haykaltarosh Parvez Tanavoliy, fotosuratchi Shirona Shahboziylarning ishlarini tomosha qilish mumkin.
Bundan tashqari, sudanlik rassom Ibrohim al-Salohi va iroqlik arxitektor Zohi Hadidning ishlari ham taqdim etildi.
Har bir eksponat yonida maxsus matn bor. Unda muzey uchun mehmondo‘stlik va ozodlik g‘oyalari juda muhim ahamiyatga ega ekani aytiladi.



Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025