Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan 1200 kishini o‘zaro almashish rejalashtirilayotganini aytdi
Foto: Zelenskiy_official/Telegram
Rossiya va Ukraina “1200 ga 1200” formulasi asosida o‘zaro almashinuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, almashinuv bo‘yicha kelishuv mavjud, tomonlar ro‘yxatlar ustida ishlamoqda. Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Rossiya vakili bilan muloqot to‘g‘risida axborot berdi.
So‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir necha bosqichda asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Ikki mamlakat o‘rtasida asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichi 23 iyul bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
17:43
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi – tahlilchilar
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
16:09 / 31.12.2025