Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Tergov 9 iyulda boshlangan va uni kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi olib bormoqda.
Foto: REUTERS
Parij prokuraturasi X (sobiq Twitter) platformasiga qarshi «chet el aralashuvi» maqsadida algoritmlarni manipulyatsiya qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar berdi Politico.
Parij prokuraturasi rahbari Laura Bekko so‘zlariga ko‘ra, tergov 9 iyulda boshlangan va uni kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi olib bormoqda. U yuridik shaxs sifatida X uchun ham, platformani boshqarish bilan bog‘liq jismoniy shaxslarga ham qaratilgan.
Bunga fransuz deputati va davlat xizmatchisining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Garchi materiallarda Ilon Mask nomi tilga olinmagan bo‘lsa-da, tergov platformaning 2022 yilda milliarder tomonidan sotib olinganidan keyingi faoliyatiga tegishli.
Yanvar oyi boshida Fransiya huquq-tartibot idoralari va hukumat idoralari tekshiruvlar o‘tkazdi, unda X platformasi Fransiyada demokratik munozaralarni buzib ko‘rsatadigan katta hajmdagi nafrat, irqchilik va gomofobik kontentni tarqatishda ayblangan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 31.12.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
14:41 / 31.12.2025
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025