Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ndan ortiq dron Rossiyaning uch mintaqasiga hujum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi 13 ta samolyot tipidagi dron yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlariga hujum qilindi.
13 oktyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning uchta mintaqasiga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi 13 ta dron yo‘q qilinganini bildirdi. Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 13 ta uchuvchisiz uchoqlarini Belgorod va Kursk oblastlari hududida va bittasini Bryansk oblasti hududida yo‘q qildi, deyiladi xabarda.
Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomazning aytishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari mintaqada Ukraina uchuvchisiz uchog‘ini urib tushirgan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Kursk oblastida havo hujumi haqida ogohlantirish tun bo‘yi ishladi, deb yozdi gubernator Aleksey Smirnov.
RFning Odessaga zarbasida kamida olti kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning 9 oktyabr kuni kechqurun Odessa porti infratuzilmasiga ballistik raketalar bilan uyushtirgan hujumi natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Yana 11 kishi yaralangan, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir. Bu haqda oblast harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Kiper Telegramʼda ma’lum qildi va qurbonlarning barchasi Ukraina fuqarolari ekanligini aniqlashtirdi.
Kiperning ta’kidlashicha, zarba Panama bayrog‘i ostidagi fuqarolik konteyner tashuvchi Shui Spirit kemasiga berilgan. «Bu so‘nggi to‘rt kun ichida fuqarolik kemasiga uyushtirilgan uchinchi hujumdir, makkor dushman Ukraina don yo‘lagi ishiga xalaqit bermoqchi, tinch aholini o‘ldirmoqda va infratuzilmani vayron qilmoqda», - deb yozdi OHM rahbari.
O‘z navbatida, Odessa oblasti prokuraturasi hujum natijalariga ko‘ra urush qonunlari va odatlarini buzganlik bo‘yicha sudgacha tergov boshlanganini ma’lum qildi. «Tekshiruv davom etmoqda, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yakuniy soni, shuningdek vayronagarchilik va zararning to‘liq ro‘yxati aniqlanmoqda», — deyiladi idora xabarida.
Mavzuga oid
15:20 / 05.01.2026
Rossiya Ukrainadan uchirilgan 140 tadan ortiq dron tutib olinganini ma’lum qildi
09:15 / 05.01.2026
RF Mudofaa vazirligi: 10 soat ichida Rossiya uzra 294 ta dron urib tushirildi
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
15:32 / 25.12.2025