Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Putin va Tramp uchrashuvi joyidan xabar topdi
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp Xelsinkida uchrashadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
«Biz hozirgina shuni bildikki, Finlyandiya poytaxti Xelsinki Tramp va Putinning uchrashuvi o‘tkaziladigan joyga aylanadi», - deyiladi xabarda.
Trampning o‘zi ham Finlyandiya poytaxti sammitga mezbonlik qilishi mumkin ekanini aytgandi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, muzokaralar NATOning 11-12 iyul kungi sammitidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuv yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytarishi ma'lum bo‘ldi.
Avvalroq, Tramp Putin bilan nima haqida gaplashishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
09:43 / 31.12.2025