Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda sodir etilgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
28 sentabrda Afg‘oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 18:00larda shaharning tumanlaridan birida politsiya mashinasiga magnit yordamida mahkamlangan portlovchi qurilma portlagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 3 kishi, jumladan ikki politsiyachi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 16 nafar mahalliy fuqaro turli og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan, deb xabar bermoqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Najib Donishga iqtibos keltirgan holda 1TV telekanali.
Bu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Bundan avvalroq ham Kobulda stadiondagi o‘tkazish-tekshirish punktida portlash sodir bo‘lgandi. Bu yerda kriket bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tayotgan vaqtda terrorchi-xudkush o‘zini portlatgan. Bu hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanilishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026