Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda qurilayotgan yangi obektlar
18 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan OAV vakillari uchun so‘nggi yillarda Toshkent shahrida qurib foydalanishga topshirilgan hamda ayni paytda bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan ijtimoiy obektlar, yo‘llar, yo‘l o‘tkazgichlar, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar bo‘ylab press-tur uyushtirildi.
Dastlab Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurildi. Markazning umumiy maydoni 8,5 gektar, balandligi 65 metrni tashkil etadi. Bugungi kunda binoning asosiy konstruktiv ishlari bajarilgan. 1350 nafar ishchi qurilish ishlarida qatnashmoqda. Markazdagi katta zalga Usmon Qur'oni joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.


Markazda islom san'ati muzeyi, 435 kishiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali, galereya, tadqiqotlar markazi, 100 mingtagacha qo‘lyozma saqlanuvchi kutubxona ham barpo etilmoqda. 630 ta avtomashina sig‘imiga ega avtoturargoh va 14 ta lift ham bo‘ladi.
OAV vakillari poytaxtning Chilonzor tumanidagi 5-Issiqlik markazi, Adiblar xiyobonida, yangi tashkil etilgan Yangihayot tumanidagi «Flowers Garden» bog‘ida va Toshkentda yangi ochilgan metallurgiya zavodida ham bo‘lishdi.







Mavzuga oid
23:01 / 13.12.2025
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
17:24 / 13.12.2025
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat bir oyga cheklanadi
15:22 / 13.12.2025
Toshkentda “avtomoyka”da qoldirilgan Malibu olib qochildi
10:46 / 12.12.2025