Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 oyda 14 ming kishi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan ko‘chib ketdi
Foto: Dreamstime
2018 yil yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 121,7 ming kishini (119,8 ming kishi respublika hududlaridan, 1,9 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 134,0 ming kishini (119,8 ming kishi respublika hududlariga, 14,2 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 12,3 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 14,9 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 4,1 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,1 ming kishi) qayd etildi.
Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni - 1961 kishi. Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni - 14195 kishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 27.12.2025
Xorvatiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
22:47 / 21.12.2025