Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Vashingtonga navbatdagi chaqiriq bilan chiqdi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqara Vashingtonni «huquqiy yo‘lga» qaytishga chaqiradi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya «xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda» harakat qilmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara ikki tomonlama munosabatlarda «AQShni huquqiy yo‘lga qaytishga taklif etadi».
Erdo‘g‘anning alohida ta'kidlashicha, AQShning amerikalik pastor Endryu Bransonni sanksiyalar yordamida ozod etilishiga erishish bo‘yicha sa'y-harakatlari qabul qilib bo‘lmasdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Anqara Bransonning ishi fonida AQSh tomonidan kelayotgan tahdidlarga qarshi kurashishi haqida ma'lum qilgandi.
«Biz huquqqa asoslanib harakat qilamiz, biroq tahdidlarga keladigan bo‘lsa, endi xafa bo‘lishmasin. Biz yiqilgan joydan turamiz, mening xalqim oyoqda turibdi...», - degan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025