Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana Rossiya. Ispaniya bosh vaziri ruslarni ayblab chiqdi
Foto: Getty Images
Kataloniyadagi inqiroz haqida aksariyat noto‘g‘ri yangiliklar rossiyalik shaxslar profillaridan tarqatilgan. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy mahalliy "Kope" radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.
Bosh vazir soxta yangiliklar tarqatish bo‘yicha ishlar yaxshi tashkillashtirilganini alohida qayd etib o‘tgan.
"Internetda shu yangiliklar tarqatilgan soxta sahifalarning 50 foizi Rossiyada, 30 foizi esa – Venesuelada bo‘lgan", - deya ma'lum qildi Raxoy.
Shu bilan birga, uning aytishicha, rus hakerlari Kataloniya ssenariysining shunday ko‘rinish olganiga aloqador ekani bo‘yicha aniq ma'lumotlarga hozircha ega emas.
Avvalroq Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqadagi inqirozni hal qilishning turli yo‘llari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolishi bo‘yicha variantni ham ko‘rib chiqishga tayyorligi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38 / 01.01.2026
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi – tahlilchilar
14:45 / 01.01.2026