11:54 / 27.04.2024
11018

Londonga qaytish chog‘ida Toshkentda to‘xtab o‘tgan Devid Kemeron Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni aniq natijalar bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyorligini tasdiqladi.

Foto: Anvar Ilyosov / «Dunyo» AA

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga turnesi yakunida, Londonga qaytish chog‘ida Toshkentda to‘xtab o‘tdi. U O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgan.

“Yana bir bor O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini aniq natijalar bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlarimizdan foydalanishga tayyorligimizni tasdiqladik”, – deya yozdi Baxtiyor Saidov Telegram'dagi sahifasida.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Kemeronning 23 aprel kuni Toshkentga tashrifi – Britaniya tashqi ishlar vazirining 1997 yildan beri O‘zbekistonga ilk marta kelishi bo‘lgandi.

Tashrif doirasida Kemeron va Saidov O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida Keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi. Shuningdek, Mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi ham tuzildi.

Britaniya sobiq bosh vaziri O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Devid Kemeron tashrifi oldidan e’lon qilgan maqolasida rasmiy London Markaziy Osiyo bilan global tartib, iqtisodiy kooperatsiya va ta’lim bo‘yicha hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rishini qayd etdi.

Mavzuga oid
Top