08:06 / 20.04.2024
3501

Bekobodda sharbat qutisiga solingan 3 mln rublning olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida sharbat qutisining ichiga 3 mln rublni solib olib chiqilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

“Farhod” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan hamda Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi va Toshkent viloyati Bekobod shahar DXX xodimlari xamda 9226-sonli harbiy qism chegara qo‘shinlar bilan hamkorligida naqd xorijiy valutasi yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi.

Qo‘shni davlatga o‘tish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaroning sumkasi tekshirilganida, sharbat qutisiga xufiyona yashirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 3 mln Rossiya rubli aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valuta mablag‘larini O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishiga ruxsat etiladi.

Mavzuga oid
Top